07:44 / 24.03.2017
2735

AQShning Isroildagi yangi elchisi nomzodi tasdiqlandi

Foto: AP

AQSh senati Devid Fridmanni Isroildagi yangi elchi sifatida tasdiqladi. Bundan senatdagi ovoz berish natijalari darak bermoqda.

Fridmanning nomzodini 52 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan, 46 nafari qarshi chiqqan. 

Fridman ivrit tilida bemalol so‘zlasha oladi. U bankrotlik ishlariga ixtisoslashgan huquqshunos sifatida tanilgan. AQSh prezidenti Donald Trampning saylovoldi kampaniyasida u Isroil masalalari bo‘yicha maslahatchi bo‘lgan. Uning nomzodini bir qator falastinlik va so‘l jamoatchilik tashkilotlari tanqid qilishgan.  

Fridman kongressdagi tinglovlar vaqtida o‘z qarashlarini AQShning rasmiy siyosati bilan mos holga keltirish uchun Isroilning Falastin hududlarida uy-joy qurishini ilgari surish qarashidan voz kechishga va'da bergan.

Top