15:52 / 24.03.2017
5612

Amazon AQShdan 1,5 milliard dollarlik ishni yutib oldi

Amazon.com AQSh Soliq boshqaruvidan 1,5 milliard dollarlik ishni yutib oldi. Bu haqida Reuters xabar berdi. 

2005-2006 yillarda Amazon tranzaksiyalari va uning Lyuksemburg bo‘limida tergov o‘tkazildi. Boshqaruvchining fikricha, kompaniya ushbu tranzaksiyalar munosabati bilan 1,5 milliard dollar qo‘shimcha soliq to‘lashi kerak.

Amazon o‘zining Amerika aktivlarining katta qismini Lyuksemburgga ko‘chirdi. Shu tariqa, uning Yevropa biznesi daromadlariga juda past soliq stavkasi solinadi. 

Yevropada Amazon soliq shartnomalari tekshiruvi davom etmoqda - Bryussel ularni kompaniyaning Lyuksemburg tomonidan noqonuniy "davlat yordami" deb hisoblaydi. Bu esa Amazon'ga raqiblar oldida nohaq ustunliklarni beradi. 

Top