20:28 / 24.03.2017
19739

Argentinalik ayol ikki boshli jonzotni hovlisida uchratib qoldi (video)

Argentinaning Santa Fe provinsiyasida yashovchi Lujan Eroles o‘z hovlisida ikki boshli jonzotni uchratib qoldi. U mazkur jonivorning videosini internetga joyladi. Bu esa tarmoq foydalanuvchilarining turli munosabatlariga sabab bo‘ldi.

Berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, bu jonzotning hajmi deyarli 10 sm. bo‘lib, xatti-harakatlaridan ilonga o‘xshab ketadi, ammo boshi ikkita. Uni topib olgan argentinalik ayolning fikricha, u mutant bo‘lishi mumkin.

Uning bu fikriga ko‘pchilik biologlar qo‘shilmagan. Ularning ma'lum qilishicha,bu jonzot kapalak qurti (Deilephila elpenor). Bu kapalakning qanotlari 5-7 sm. ga yetadi. Uning qurti esa 8.5 sm.gacha hajmga ega bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid
Top