20:03 / 24.03.2017
9778

Bishkek yaqinida Boeing samolyotining qulashi bo‘yicha dastlabki hisobot chop etildi

Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi (DAQ) Bishkekning "Manas" aeroporti yaqinida joriy yilning 16 yanvarida qulagan Boeing 747 yuk samolyotining halokatga uchrashi bo‘yicha dastlabki hisobotni chop etdi. Hisobot qo‘mitaning rasmiy saytida chop etilgan

"Halokatni tergov qilish bo‘yicha komissiya hozirda unga kelib tushgan ma'lumotlar, yakunlangan tadqiqotlar natijalari, parvozlar xavfsizligini oshirish bo‘yicha tezkor tavsiyalarni o‘z ichiga olgan dastlabki hisobotni chop etdi. Qo‘shimcha ma'lumot kelib tushishi bilan u to‘ldirilishi mumkin", deyilgan qo‘mita xabarida.

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, aviahalokat joyida topilgan parvozni boshqarish bort kompyuteri bloki AQShning transportda xavfsizlik milliy qo‘mitasiga maxsus tadqiqotlar o‘tkazish uchun yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning ACT Airlines aviakompaniyasiga tegishli, Gonkong-Bishkek-Istanbul reysi bo‘yicha parvoz amalga oshirayotgan bo‘lgan Boeing 747-412F-SCD yuk samolyoti "Manas" aeroportiga qo‘nish vaqtida Dacha-Suu posyolkasiga qulagan. Halokat oqibatida 39 kishi: samolyot ekipajining barcha 4 nafar a'zosi va mahalliy aholi orasidan 35 kishi halok bo‘lgan.  

Mavzuga oid
Top