12:51 / 24.03.2017
5248

Fazza-2017'da O‘zbekiston paralimpiyachilari 4 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Joriy yilning 20-25 mart kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yengil atletika bo‘yicha Fazza-2017 xalqaro Gran-pri turniri bo‘lib o‘tdi.

Unda 50 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ziyod paralimpiya sportchisi o‘zaro kuch sinashdi. Shular qatorida O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasining 4 nafar sportchisi ham o‘z jamoasi sharafini munosib himoya qildi. MPA matbuot kotibi mazkur turnirning yakuniy natijalari haqida xabar berdi. 

Xalqaro turnirda ishtirok etgan O‘zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamosi a'zosi Semenova Natalya yengil atletikaning yadro otish turi bo‘yicha kumush va nayza otish turi bo‘yicha oltin medallarni qo‘lga kiritdi. 

Yadro otish va disk uloqtirish bo‘yicha yana bir sportchimiz Sultonov Elbek  ikkita uchinchi o‘rinni egalladi.

Umumiy hisobda, hamyurtlarimiz Fazza-2017 xalqaro turnirida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 4 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Top