19:35 / 24.03.2017
14959

Xodorkovskiy: Putin 2024 yilgacha o‘z lavozimidan ketishni o‘ylamoqda

Rossiyaning YuKOS kompaniyasi sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy Süddeutsche Zeitung nemis nashriga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2024 yilgacha o‘z lavozimidan ketishni o‘ylayotgani haqida fikr bildirdi. Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar bermoqda

"Menda Putin shaxsiy qarashlariga ko‘ra 2024 yilgacha iste'foga ketishni o‘ylayotgani haqida taassurot bor. U hozir buni aniqlashtirib olishi kerak. Bunda o‘rinbosarning ilgari surilishi muhim qadam bo‘ladi. Bu xavfsiz emas va u bunga botina oladimi-yo‘qmi, bilmayman", deb aytgan Xodorkovskiy.

Xodorkovskiy o‘zining keyingi maqsadi Rossiyada huquqiy davlat yaratish ekanligini aytdi. "Men hali bungacha yashayman", deb qo‘shimcha qilgan Xodorkovskiy.

2013 yil 20 dekabrda Vladimir Putin Mixail Xodorkovskiyni afv etish haqidagi farmonni imzolagandi. Shu kuniyoq Xodorkovskiy Kareliyadagi koloniyadan Sankt-Peterburgga olib chiqilgan. So‘ngra u Berlinga uchib ketib, u yerda matbuot-anjuman o‘tkazgan.

Dastlab u siyosatdan chetda yurishni rejalashtirgan, biroq 2014 yil kuzida Rossiyada ijtimoiy islohotlar amalga oshirish kerakligi haqida gapira boshlagan.

Top