19:24 / 24.03.2017
28346

Kamera vositasida yozilgan jarimaga norozimisiz – ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling

2017 yil 15 martdan Toshkent shahrining 115 chorrahasiga o‘rnatilgan 883ta kamera tunu-kun uzluksiz ishlayotganidan bugungi kunda deyarli barchaning xabari bor. Ularning ishlash tartiblari xususida mutaxassislar tomonidan atroflicha izohlar berilganiga qaramay, hamon ushbu videokameralar yuzasidan turli savollar tug‘ilmoqda. Kun.uz sayti Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga ushbu mavzu yuzasidan murojaat qildi va bir qancha savollarga aniqlik kiritdi.

Masalan, shunday jihatlardan biri mabodo sizga noto‘g‘ri jarima yozilganiga ishonchingiz komil bo‘lsa nima qilish kerak? Sarosimaga xojat yo‘q. Marhamat, ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling. Barcha savollaringizga batafsil javob olasiz. Agar texnik sabablarga ko‘ra, noto‘g‘ri jarima yozilgan bo‘lsa, sizga yozilgan jarima bekor qilinadi. Ishonch telefon raqami +998 71 254 22 16.

Jarima to‘lash, ortiqcha chiqim hech kimga yoqmaydi. Ammo, qonun-qoidalarga amal qilish shart va majburiy. Bunga amal qilmaganlar esa jazolanadi. Belgilangan muddatdan so‘ng to‘lanmagan har bir kun uchun penya yozladi. Unutmang, kameralarning o‘rnatilishidan maqsad jarima to‘latish emas, balki yo‘l-trasport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini tartibga solish hamda mamlakatimiz tinchligini asrashdir.

TAS-IX

Mavzuga oid
Top