08:49 / 24.03.2017
15911

Moody’s: MDHda valyuta bilan ishlaydigan eng yaxshi banklar O‘zbekistonda

MDH davlatlari banklarining aksariyatida yuqori valyuta xavflari saqlanib qolmoqda, sababi xorijiy valyutadagi ochiq qisqa pozitsiyalar haligacha mavjud. Eng kichik valyuta xavfi O‘zbekiston banklarida, deyiladi Moody’s Investors Service xalqaro reyting agentligi hisobotida.

Moody’s kichik vitse-prezidenti Mariya Malyukovaning xabar berishicha, agentlik fikricha, Ukraina, Ozarboyjon, Tojikiston va Belarus banklarida valyuta xavfi eng ko‘p. 

Moody’s agentligi fikricha, bank tizimlarining dollarlashishi kamayib borishi ehtimolga yaqin bo‘lsa-da, jarayon asta-sekin yuz beradi va amaliyot sharoitlari hamda mijozlar ishonchining tiklanishiga bog‘liq bo‘ladi.

«2016 yilda MDH banklari bo‘yicha xorijiy valyutadagi depozitlar ulushining pasayishi (5,9 foiz) xorijiy valyutadagi kreditlar qisqarishi darajasidan ortganiga qaramay (2,9 foiz), banklarda ochiq qisqa pozitsiya saqlanib qolmoqda, - deydi Mariya Malyukova. – Banklar bu xavflarni kamaytirish uchun ko‘p qiymatli kelishuvlarni bitta bozorda ochishlari kerak».

MDH davlatlarida bank tizimlari dollarlashishi darajasining kamayishi jarayoni bir qator omillar ta'siri natijasi tufaylidir, ular orasida: yangi regulyativ talablarning qabul qilinishi, banklar tomonidan xorijiy valyutadagi kreditlarning qayta qurilishi va pul-kredit siyosatining kuchaytirilishidir.

Top