11:10 / 24.03.2017
4652

Tramp ichki sezgilariga tayanib harakatlanishini ma'lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'lum qildiki, u ba'zi hollarda o‘z harakatlarini ichki sezgilariga tayangan holda bajaradi. Bu haqda u Time jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Nashr muxbiri Trampdan nima uchun u ishonchli dalili bo‘lmasada keskin bayonotlar bilan chiqishi haqida so‘ragan. U bu orqali prezidentning 3 million kishi noqonuniy ovoz bergani haqidagi gapini ham nazarda tutgan.

Trampning ishonch bilan gapirishicha, saylov vaqtida tashkil etilgan maxsus qo‘mita raqamlarni oshirib ko‘rsatgandi.

«Men instinktlarga tayanadigan odamman, ko‘pincha mening sezgilarim to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Barcha meni yutqazadi deganida, men yuta olishimni gapirgandim», — degan Tramp.

U shuningdek Brexit jarayoni, Shvetsiyadagi tartibsizliklarni ham oldindan ko‘ra bilgani haqida eslab o‘tgan.

Top