18:35 / 25.03.2017
10595

112 yoshli fransiyalik ayol orzusi o‘t o‘chiruvchilar yordamida ushaldi

Fransiyaning Monpele shahridagi o‘t o‘chirish brigadasi mamlakatdagi eng keksa fuqarolardan biri orzusi ushalishiga yordam berdi. Ular 112 yoshli ayolning tug‘ilgan kunida uni o‘z mashinalarida sayr qildirishgan, deb xabar bermoqda France Info telekanali.

Matilda Lartig 1905 yilning 24 mart kuni tug‘ilgan. U mamlakatning eng keksa fuqarolari ro‘yxatida yettinchi o‘rinda qayd etilgan. France Info’ning ta'kidlashicha, keksa ayol o‘z hayoti davomida 17ta prezident va ikkita jahon urushini ko‘rgan, haydovchilik guvohnomasini olgan birinchi ayollardan biriga aylandi, biroq shu kunga qadar faqatgina yong‘in xizmati mashinasida o‘tirishni orzu qilib kelgan.

Lartig ayni damda Monpeledagi qariyalar uyida yashaydi. Yong‘in brigadasi xodimlari bu yerga kelib, unga maxsus tort sovg‘a qilishdi hamda o‘zlari bilan sayrga taklif etishgan. Ayol ko‘chada o‘t o‘chirish mashinasiga o‘tqazilgan hamda shahar ko‘chalari bo‘ylab olib yurilgan.

Top