15:54 / 25.03.2017
12665

Bolqon yarim orolidagi eng katta masjid qayerda qurilmoqda?

Albaniya poytaxti Tirana shahrida Turkiya ko‘magida Bolqon yarim orolidagi eng katta masjid qurilishi davom etmoqda.

“Namozgoh” masjidi Turkiyaning din ishlari bo‘yicha boshqarmasi yordamida qurilmoqda, uning poydevori 2015 yilda, prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ishtirokidagi marosimda qo‘yilgan. Turkiya rahbari o‘shanda yangi masjidni “Turkiyaning alban xalqiga eng katta hadyasi” deb atagandi.

Pudratchi kompaniya rahbari Husayn Shenturkning xabar berishicha, masjid binosi qurilishi deyarli yakuniga yetgan, endilikda pardozlash ishlari amalga oshirilishi kerak. “O‘ylashimcha, 2018 yilning oxiriga kelib “Namozgoh” masjidi qurilishi yakuniga yetkaziladi, hamda u foydalanishga topshiriladi”, - deya ta'kidlab o‘tdi Shenturk.

Mavzuga oid
Top