Honkongdagi Langham Place savdo markazida eskalator buzilib qolishi oqibatida 18 kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda RTHK radiostansiyasi.
Ta'kidlanishicha, uzunligi 40 m bo‘lgan eskalator deyarli ikki barobarga tezlashib ketib, so‘ngra keskin to‘xtagan. Bu paytda eskalatorda anchagina odam bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, jabrlanganlar orasida 14 erkak va 4 ayol bor.