08:12 / 25.03.2017
5166
Rossiya birinchi marta Afrika jamoasiga yutqazdi

Krasnodarda Rossiya terma jamoasi Kot-d'Ivuarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ivuarliklar o‘yinning 30-daqiqasida Jonatan Kodjianing golidan keyin hisobni ochdi. 70-daqiqada esa Uilfrid Zaha yolg‘iz o‘zi rossiyaliklar himoyasini dog‘da qoldirib Akinfeyev darvozasi to‘rini aniq nishonga oldi.

Stanislav Cherchesov boshqaruvidagi jamoa bundan oldinroq Kosta-Rika (3:4) va Qatar (1:2) terma jamoalariga yutqazgandi. Terma jamoa 28 mart kuni Belgiyaga qarshi Sochida maydonga tushadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Rossiya – Kot-d`Ivuar 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 30 Kodjia, 0:2 – 70 Zaa.
Rossiya – Akinfeyev, Semenov, Kutepov, Kudryashov, Yeroxin, Zobnin, Jirkov (Kombarov, 71), Samedov, Golovin (Gazinskiy, 78), Poloz (Miranchuk, 80), Buxarov (Kanunnikov, 76).
Kot-d`Ivuar –    Gbouo, Kanon, Bayi, Bagayoko, Kessie, Die, Dukure, Zaa, Deli, Kodjia (Pepe, 89), So.
Ogohlantirishlar: Die (38), Kudryashov (61), Bayi (84).

Top