10:12 / 25.03.2017
11128

Rossiyaning Su-25 samolyotlari Qirg‘izistondan Tojikistonga ko‘chirildi

Rossiyaning Su-25SM hujumkor samolyotlari Qirg‘izistonning Kant aviabazasidan Tojikistonga ko‘chirildi, ular qo‘shma aksilterrorchilik qo‘mondonlik-shtab mashqlarida qatnashadi. Bu haqda TASS Rossiya markaziy harbiy okrugi matbuot xizmatiga asosan xabar berdi.

«Rossiyaning Su-25SM hujumkor samolyotlari Qirg‘izistondagi Kant aviabazasidan Tojikistonga ko‘chirildi, ular ikki davlat qurolli kuchlarining birlashgan guruh qo‘shinlari qo‘shma aksilterrorchilik qo‘mondonlik-shtab mashqlarida ishtirok etadi. Samolyotlar Dushanbedan 30 kilometr masofada joylashgan Ayni aerodromidagi aviatsiya guruhi tarkibini to‘ldiradi», - deyishgan matbuot xizmatida. 

Ta'kidlanishicha, ekipajlar yer ustidagi nishonlar, baza lagerlari va noqonuniy qurolli tuzilmalar omborxonalariga raketa-bomba zarbalari berish bo‘yicha mashqlarni o‘tkazadi.

Mashqlarda markaziy harbiy okrug harbiy boshqarmasi tezkor guruhlari, 201-harbiy baza bo‘linmalari, harbiy okrugning alohida birlashmalari va harbiy qismlari, Tojikiston mudofaa vazirligining maxsus topshiriqli desant va mexanizatsiyalashgan piyoda brigadalari tarkibidagi bo‘linmalar ishtirok etadi.

Top