22:53 / 26.03.2017
4639

Donbassda harbiy vertolyot qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Mi-2 harbiy vertolyotining Kramatorsk shahri yaqinida qulashi oqibatida, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina mudofaa vazirligi vakili Aleksandr Motuzyanik xabar bergan.

Ta'kidlanishicha, voqea mahalliy vaqt bilan soat 15.00dan keyin yuz bergan. 

"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 5 kishi halok bo‘lgan. Ular ekipajning 3 a'zosi va 2 yo‘lovchi", deb aytgan Motuzyanik.

Uning aytishicha, ayni vaqtda voqea joyida qutqaruvchilar va aksilterrorchilik operatsiyasi shtabi zobitlari ish olib borishmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, vertolyot elektr uzatish liniyasi bilan to‘qnashishi oqibatida qulagan. 

Top