11:45 / 26.03.2017
7978

Kun.uz’ning Facebook’dagi obunachilari 100 mingdan oshdi

Kun.uz sayti besh yildan buyon O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi ommaviy axborot vositasi sifatida o‘z auditoriyasiga egadir. Ushbu vaqt mobaynida zamon talablaridan kelib chiqqan holda turli ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifasiga ega bo‘lib bordi. Bugunga kelib, saytning “Odnoklassniki”, Telegram, Facebook, Twitter, Instagram va YouTube tarmoqlarida o‘z sahifasi bor.

Shuni alohida ta'kidlab o‘tish kerakki, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi obunachilar soni ayni kunda yuz mingdan oshdi

Bundan tashqari,“Odnoklassniki” da 165 ming, Telegram’da 135 ming, Twitter’da 17 ming, Instagram’da 365 ming va YouTube’da 11 ming kishi bizni kuzatmoqda.

Saytning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilarining umumiy hisobi 800 mingdan oshdi. Bu ko‘rsatkich O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi OAVlar ichida eng yuqori natija hisoblanadi. Buning uchun aziz o‘quvchilarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Bizdan uzoqlashmang hamda biz sizga tezkor, aniq va xolis axborotlar taqdim etishda davom etamiz.

Mavzuga oid
Top