00:14 / 26.03.2017
5112

Nigeriya va Burkina-Faso terma jamoalari o‘rtasidagi futbol uchrashuvi bekor qilindi

Londonda 27 mart kuni Nigeriya va Burkina-Faso milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan nazorat uchrashuvi Burkina-Faso terma jamoasining 7 nafar futbolchisi Buyuk Britaniyaga kirish vizalarini ololmagani uchun bekor qilindi.

"Uchrashuv tashkilotchilar va Nigeriya futbol federatsiyasiga (NFF) bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bekor qilindi. Biz 2018 yilgi jahon chempionati va 2019 yilgi Afrika millatlari kubogiga tayyorgarlik bo‘yicha keyingi rejalarimizni e'lon qilamiz", deb aytgan NFF vakili Kris Grin.

Mavzuga oid
Top