18:21 / 27.03.2017
10301

Berlindagi muzeydan 100 kilogrammli oltin tanga o‘g‘irlandi

Foto: Reuters

Berlindagi Bode muzeyidan noyob eksponat - 1 million dollar nominalli va 100 kilogramm og‘irlikdagi oltin tanga o‘g‘irlab ketildi. Bu haqida TASS agentligida xabar berildi.

Germaniya poytaxti politsiyasi xabar berishicha, dushanbaga o‘tar kechasi yovuz niyatli kimsalar zina tomondan muzey binosiga kirishgan.

Ekspertlar ma'lumotlariga ko‘ra, noyob, lekin u qadar qulay bo‘lmagan to‘lov vositasi nominaldan ancha baland. 2007 yilda Britaniya qirolichasi Yelizaveta II sharafiga tayyorlangan oltin tanga haqida bormoqda. O‘g‘irlangan "quyma" diametri - 53 sm, qalinligi esa 3 sm edi. Eksponatning taxminiy narxi 4 million yevroni tashkil qiladi. 

Huquq-tartibot organlari o‘g‘rilarning muzeydagi muhofaza tizimini qanday chetlab o‘tishgani haqida hozircha ma'lum qilishmagan. 

Top