09:32 / 27.03.2017
19246

Xorazm viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Xorazm viloyati IIB boshlig‘ini tayinladi. Bu haqda Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi saytida ma'lumot berildi.

Unga ko‘ra viloyat IIBga polkovnik Rahmonov Shavkat Navro‘zovich boshliq etib tayinlangan. 

Avvalroq Xorazm viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyatini olib borgan Rustam Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergandik.

Top