23:00 / 27.03.2017
10119

Peruda toshqin oqibatida butun boshli shahar suv ostida qoldi

Foto: El Comercio

Peru shimolidagi Piura shahri toshqinlar oqibatida suv ostida qoldi. Telesur kanalining ma'lum qilishicha, o‘zanlaridan chiqib ketgan Piura daryosi shaharning markaziy qismini va yana bir nechta tumanlarini suv ostida qoldirgan.

Piura viloyati gubernatori Reynaldo Xilbk xavfli hududlardan 300 oila evakuaptsiya qilinganini ma'lum qildi.  

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Peruda bir necha kundan beri davom etayotgan toshqinlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 90 kishigacha oshdi, yana 20 kishi bedarak yo‘qolgan. Mamlakat mudofaa vaziri Xorxe Neto Montesinosning ma'lum qilishicha, tabiiy ofat 863 ming kishiga ta'sir qilgan, 374 kishi jarohat olgan, 200 ming uy va boshqa inshootlarga ziyon yetkazgan.

Peru prezidenti Pedro Kuchinski tiklash ishlariga 2,5 mlrd sol (taxminan 766 mln dollar) ajratilishini ma'lum qilgan. Hukumat ushbu toshqinlarni oxirgi o‘n yillar ichidagi eng kuchlilaridan biri deb aytmoqdalar. Toshqinlar Tinch okeanidagi "El-Nino" iqlim fenomeni sababli vujudga keldi. 

Top