20:35 / 27.03.2017
25908

Eng katta haq oluvchi futbolchi va murabbiylar ma'lum qilindi

«Real» jamoasining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2016-2017 yillarda eng ko‘p daromad olgan futbolchi bo‘ldi. France Football ma'lumotiga ko‘ra u «Barselona» jamoasi vakili Lionel Messini (76,5 million dollar) ortda qoldirib, 87,5 million yevro (95,3 million dollar) ishlagan holda birinchi o‘rinda.

Eng ko‘p haq to‘langan futbolchilar ro‘yxatida 3-o‘rinni 55,5 million yevro bilan Messining jamoadoshi Neymar egalladi. Undan keyingi pog‘onalarda uelslik Garet Beyl (41 million yevro) va Xitoy superligasining «Xebey Forchun» jamoasi uchun to‘p suruvchi argentinalik Lavessi (28,5 million yevro) nomlari qayd etilgan. 

Manbaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» murabbiyi Joze Mourinyu - 28 million yevro daromadi bilan eng ko‘p haq to‘lanuvchi murabbiy sifatida e'tirof etilgan. 

France Football mazkur ro‘yxatni tuzishda 2016-2017 yilgi maosh, bonus va daromadlarga asoslanganini ma'lum qildi. 

Mavzuga oid
Top