12:59 / 27.03.2017
16789

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha komissiya vazifalari belgilandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etiladi.

Komissiya huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishni bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.

Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

qonuniylik va huquq-tartibotni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, yuridik shaxslar, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini huquqbuzarliklardan himoya qilishni ta'minlash;

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida davlat dasturlari va boshqa dasturlar ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini, shuningdek ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish;

vakolatli organlar va muassasalarning faoliyatini ularning faoliyati samaradorligini, yaqindan hamkorligi va ish uyg‘unligini ta'minlash maqsadida muvofiqlashtirish;

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni baholash, monitoring qilish va ularning samaradorligini oshirish;

jinoyatlarni fosh etish, tergov qilish, ularning oldini olish va ularga barham berish amaliyotini o‘rganish;

jinoyatlar fosh etilishini hamda surishtiruv, tergov va sud organlaridan yashiringan shaxslarning qidiruvini ta'minlash maqsadida tezkor-qidiruv va profilaktika tadbirlarining samaradorligini oshirish;

tizimli kamchiliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish hamda ularni huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish yo‘li bilan bartaraf etish;

vakolatli organlar va muassasalarning huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga barham berishdagi o‘zaro hamkorligini yaxshilash, shuningdek huquqbuzarliklarni sodir etish sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ma'lumotlarni to‘plash, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish hamda tegishli organlar va muassasalar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ulardan foydalanish;

hududiy komissiyalarning faoliyatini muvofiqlashtirish.

Komissiyaning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi

TARKIBI

1.  Azizov A.A.  —  O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Komissiya raisi
2.  Azimov M.B.  —  O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari, Komissiya raisining o‘rinbosari
3.  Abduxakimov A.A.  —  O‘zbekiston Respublikasi mehnat vaziri
4.  Gulyamov R.X.  —  O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati 
raisining o‘rinbosari
5.  Tog‘ayev K.  —  O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari
6.  Jo‘rayev N.S.  —  O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari
7.  Normatov Sh.T.  —  O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari
8.  Raimov B.Ya.  —  O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari
9.  Gadoyev E.F.  —  O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
10.  Basitxanova E.I.  —  O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari
11.  Kenjayev D.M.  —  O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining o‘rinbosari
12.  Madjidov I.U.  —  O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari
13.  Abdusamatov B.X.  —  O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi
14.  Dusanov Z.A.  —  O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i
15.  Javlonov Sh.S.  —  Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, «Mahalla» fondi raisi
16.  Ergashev A.  —  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i, ishchi organ mas'ul tuzilmasining rahbari

Top