00:56 / 27.03.2017
5132

JCh-2018 saralash bosqichi: Germaniya Ozarboyjonni, Chexiya San-Marinoni mag‘lub etdi

2018 yilgi jahon chempionati Yevropadagi saralash bosqichining 5-turida Germaniya Ozarboyjonni qabul qildi. Ozarboyjondagi Tofik Baxramov nomidagi stadionda o‘tkazilgan uchrashuv mehmonlarning 1:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

Germaniya safida Andre Shyurrle dubl amalga oshirdi, Tomas Myuller va Mario Gomes o‘z hisoblariga bittadan to‘p yozib qo‘yishdi. Ozarboyjonliklar safida Dmitriy Nazarov bitta javob to‘pini amalga oshira oldi. Bungacha Germaniya Norvegiya (3:0), Chexiya (3:0), Shimoliy Irlandiya (2:0) va San-Marinoga (8:0) birorta gol o‘tkazmagan. Buning evaziga nemislar o‘z tarixlarida jahon chempionati saralash bosqichidagi eng yaxshi startni namoyish qildilar.

Guruhdagi boshqa bir uchrashuvda Chexiya mehmonda San-Marinoni 0:6 hisobida tor-mor etdi. Antonin Barak va Vladimir Darida dubl amalga oshirdilar, Teodor Gebre Selassi va Mixal Krmenchik bittadan to‘p kiritdilar.

Chexiya uchun bu g‘alaba tarixida mehmonda qo‘lga kiritilgan eng yirik g‘alabasi bo‘ldi. Chexlarning bu boradagi avvalgi yirik muvaffaqiyati 2005 yilda Andorraga (0:4) qarshi o‘rnatilgandi. Chexiya tarixida eng yirik g‘alaba esa 2009 yilda San-Marino ustidan erishilgan g‘alaba (7:0) hisoblanadi.

JCh-2018, Yevropa, S guruhi, 5-tur

Ozarboyjon – Germaniya – 1 : 4 

Gollar: 0:1, Shyurrle (19); 1:1, Nazarov (31); 1:2, Myuller (36); 1:3, Gomes (45); 1:4, Shyurrle (81). 

San-Marino – Chexiya – 0 : 6 

Gollar: 0:1, Barak (17); 0:2, Darida (19); 0:3, Barak (24); 0:4, Gebre Selassi (26); 0:5, Krmenchik (43); 0:6, Darida (77, pen)

Ayni vaqtda guruhdagi vaziyat quyidagicha ko‘rinish olgan: 1. Germaniya – 15 ochko (5 o‘yin); 2. Chexiya – 8 (5); 3. Shimoliy Irlandiya – 7 (4); 4. Ozarboyjon – 7 (5); 5. Norvegiya – 3 (4); 6. San-Marino – 0 (5).

Top