11:19 / 28.03.2017
25089

Futboldagi eng chiroyli lahza. Hujumchi raqib darvozasiga belgilangan penaltini bekor qildirdi

Meksikaning «Monarkas Moreliya» klubi hujumchisi Luis Gabriel Rey «Amerika» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuv vaqtida feyr-pley uchun namuna ko‘rsatib berdi.

Univision Deportes xabariga ko‘ra, o‘yinning 33-daqiqasida o‘yin hakami to‘p himoyachi qo‘liga tegdi deb topdi va «Amerika» jamoasi darvozasiga  penalti qo‘ydi. Ammo Luis Gabriel Rey hakamning oldiga kelib, to‘p qo‘lga tegmagani va penalti bekor qilinishi kerakligini aytdi. U o‘z jamoasi 0:1 hisobida yutqazayotgan vaqtda shu qarorni qabul qildi va feyr-pley ko‘rsatdi. Yakunda «Monarkas Moreliya» 0:2 hisobida yutqazgan.

Top