18:48 / 29.03.2017
12335

50 ta yangi tez tibbiy yordami avtomobili hududlarga berildi

Foto: Kun.uz

Joriy yilning 16 mart kuni O‘zbekiston Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi. Hujjatda sohani rivojlantirishga doir ko‘plab vazifalar qatorida kechiktirib bo‘lmaydigan vaziyatlarda bemorlar hayotini saqlab qolish maqsadida shoshilinch tibbiy yordam xizmati muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tizimning transport parkini boyitish uchun davlat byudjyeti va boshqa mablag‘lar hisobidan 2017 yilning o‘zida 1200 ta tez tibbiy yordamga ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari xarid qilinishi ham belgilangan edi. 

Kun.uz’ga Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, ayni kunlarda zarur vositalar bilan jihozlangan 50 dona “DAMAS AMB” rusumidagi tez tibbiy yordam avtomobilari xarid qilinib, ehtiyoj baland bo‘lgan hududlarga berilgan. 

Bu tez tibbiy yordam xizmatining yanada tezkor va sifatli ishlashida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.   

Top