13:02 / 29.03.2017
4323

Yangi Zelandiya poytaxtida tuman tufayli barcha reyslar bekor qilindi

Yangi Zelandiya poytaxti Vellington shahri aeroportida 100dan ortiq reys quyuq tuman sababli bekor qilindi. Bu haqda Radio New Zealand xabar bermoqda.

"Vellingtonda ertaga ertalab ham tuman kuzatiladi", - deya xabar berdi Yangi Zelandiya milliy aviatashuvchisi Air New Zealand. Aviakompaniyadan qo‘shimcha qilinishicha, bugungi barcha reyslar bekor qilingan hamda ularni tiklash haqidagi qaror payshanba kuni qabul qilinadi.

Aeroport ma'muriyati terminalda ertalabgacha qolishga majbur bo‘lgan yo‘lovchilarga suv, oziq-ovqat va adyollar taqdim etdi.

Yangi Zelandiya iqlimshunoslik byurosi tuman payshanba kuni kunning ikkinchi yarmida tarqalishi kerakligi haqida xabar bergan.

Top