18:19 / 29.03.2017
18832

Foto: Samarqandda tramvay harakatlanmoqda

Tvitter foydalanuvchisi Samarqand shahri yo‘llarida tramvay harakati boshlangani aks etgan suratni namoyish etdi.

Foto: twitter.com/@GrFaraon1

Mart oyi boshida «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik kompaniyasi xodimlari va respublikaning turli hududlaridan Samarqandga kelgan mutaxassislar samarqandlik hamkasblari bilan birgalikda shahar ko‘chalarini birinchi tramvaylar harakati uchun tayyorlanayotgani, tramvay harakatini yo‘lga qo‘yish uchun 34 kilometrlik mis kabel o‘tkazilishi ma'lum qilingandi. 

Shaharda tramvay yo‘li qurish ishlari 2 bosqichda olib borilishi belgilangan. O‘tgan yil noyabrida boshlangan birinchi bosqichda shahar temiryo‘l vokzalidan Sartepa mavzesigacha 6,4 kilometrlik bo‘lak qurilishi belgilangandi. Bu yo‘lda ikkita aylanma yo‘l, elektr tokini moslab beruvchi to‘rtta podstansiya va bitta depo bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Keyinchalik qurilish ishlari temiryo‘l vokzalidan Siyob bozoriga qadar davom ettiriladi. Mazkur yo‘nalish uzunligi 5 kilometrni tashkil etadi.

Ikkinchi bosqichda vokzaldan Spitamen ko‘chasi bo‘ylab Superfosfat zavodiga qadar davom etadigan 12,4 kilometrlik tramvay yo‘li quriladi. Vokzal va zavodni yana bir — Narpay ko‘chasidan o‘tadigan 11 kilometr yo‘l orqali ham bog‘lash  rejalashtirilgan.

Samarqanddagi tramvaylar: juda ko‘p muammolarni keltirib chiqargan loyiha

Top