23:29 / 29.03.2017
12801

Messining «Barselona» bilan yangi shartnomasidagi maoshi miqdori ma'lum bo‘ldi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar may oyida muzokara stoliga o‘tirishadi. Yangi kelishuvga ko‘ra, argentinalik futbolchining maoshi 35 mln. yevro qilib belgilanadi. Shartnoma 2022 yilga qadar tuzilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Messining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi muddati 2018 yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.

Top