14:33 / 29.03.2017
6241

Shol kishi birinchi marta fikr kuchi bilan harakatlanishga muvaffaq bo‘ldi

Amerikalik olimlar guruhi boshidan pastki qismi shol bo‘lgan kishiga fikr kuchi bilan harakatlanish imkonini berib, unga qo‘l nazoratini qaytarishdi. Mutaxassislar bu haqida The Lancet jurnaliga ma'lumot berishdi.

Tajriba ostidagi 56 yoshli Bill Kochevar baxtsiz hodisa sabab oyoq va qo‘l sholidan aziyat chekkan. Tadqiqotchilar Kochevarning bosh miya motor qobig‘i sohasiga har biri kichik tabletka hajmida bo‘lgan ikki 96 kanalli elektron massivni o‘rnatishdi. Ular Kochevar qo‘lini harakatga keltirayotganini tasavvur qilgan paytda miya signallarini yozib oladi va bu signallarni kompyuter interfeysiga yetkazadi. Interfeys ularni dekodlaydi va erkakning qo‘l va yelkasi orasiga o‘rnatilgan stimulyatsiya tizimini faollashtiradi.

Kochevar implantatsiya oldidan uzoq mashq qilishiga to‘g‘ri keldi - uning shol kasaliga yo‘liqqaniga 8 yil bo‘lgan va bu vaqt ichida mushaklar atrofiyasi qayd etilgan. Harakatlar sekinligiga qaramay, Kochevar implantantlar yordamida buning uddasidan chiqmoqda, masalan choy ichish yoki ovqat yeyish.

Top