09:01 / 29.03.2017
4560

Tramp Obamaning iqlim o‘zgarishiga qarshi kiritgan choralarini bekor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp sobiq prezident Barak Obama tomonidan kiritilgan va iqlim o‘zgarishiga qarshi qaratilgan taqiqlovlarni bekor qilish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

Tramp uning yangi farmoni yangi davr boshi bo‘lishini aytdi. Uning fikricha, Obama kiritgan choralar energetikaning rivojlanishiga xalaqit qilgan, uning qarori esa yangi ish o‘rinlari yaratishga imkon beradi.

Ta'kidlanishicha, Tramp global isish haqidagi gaplarni bir necha marotaba "uydirma" deb atagan.

Mart oyi boshida Oq uy iqlim muammolarini o‘rganishga xarajatlarni qisqartirishi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top