Afg‘onistonga "Xayraton" chegara punkti orqali kiradigan barcha yengil va yuk avtomobillari ushbu mamlakatning Toshkentdagi Konsullik bo‘limidan tegishli ruxsatnomani olishi kerak bo‘ladi. Bu haqda Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchixonasiga tayanib, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi ma'lum qildi.
Oydinlik kiritilishicha, Afg‘onistonga ruxsatnomasiz kirgan transport vositalari mamkalakatning tegishli organlari uchun qiyinchilik tug‘dirishmoqda.