10:19 / 30.03.2017
6882

100 yoshli amerikalik bir kunga avvalgi lavozimida ishlash baxtiga muyassar bo‘ldi

100 yoshlik amerikalik pensionerga bir kunga avvalgi ishida ishlab ko‘rishga ijozat berildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.  

Nyu-Jyersi shtatida yashovchi qariya Bill Xansen uch yil avval quvurlar yotqazish hamda sovitish va isitish tizimlarini o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi Hutchinson Plumbing, Heating and Cooling kompaniyasidan pensiyaga ketgandi. Pensiyada qariya ishsiz o‘tirishni o‘lgudek yomon ko‘rishini anglagan. 32 yil davomida qurilishga ruxsatlarni olishni boshqarish bilan shug‘ullangan qariya yana o‘zining avvalgi ish joyini ko‘rishni orzu qilib yurgan.

Xansen 100 yoshga to‘lganda u ishlagan kompaniya rahbari Fred Xatchinson uning orzusini ro‘yobga chiqardi. Tabarruk yoshga kirgan qariya kompaniyaga taklif qilindi, direktor esa unga butun kun qiladigan topshiriqlari ro‘yxatini tuzib berdi. Qariyaning sobiq hamkasblari uni 100 yoshi bilan tabriklab, unga tort tortiq qilishdi. Xansen ushbu ishi uchun 1 dollar miqdorida ramziy maosh oldi. 

100 yoshli qariya unga hayotida omad kulib boqqan, deb hisoblamoqda. "Menda hech qachon men   ertalablari borishni istamaydigan ish bo‘lmagan", deb aytdi qariya.

Mavzuga oid
Top