20:09 / 30.03.2017
12344

Katta miqdorda "sun'iy qon" olish usuli ishlab chiqildi

Zamonaviy tibbiyotning eng dolzarb muammolaridan biri - zarur qon guruhining yetarli miqdorda mavjud bo‘lishi. Tibbiyot xodimlari uzoq vaqtdan buyon sun'iy qon olish usulini ishlab chiqishga harakat qilishmoqda. Bu cheklanmagan miqdordagi qon zahiralariga ega bo‘lish imkonini berib, donor qoniga bo‘lgan muhtojlikdan xalos qilardi. Ayniqsa, kamyob guruhdagi qonlarni olish juda muhim. NewAtlas'da shu haqida xabar berildi

Bugunga qadar ildiz hujayralari yordamida qon olishning tajriba usuli mavjud edi. Biroq jarayon miqdoriga ko‘ra cheklangan va juda qimmatdir. 

Buyuk Britaniya olimlari katta miqdordagi sun'iy qon olish muammosini hal qilishga yaqindan yondashishga muvaffaq bo‘lishdi. "O‘lmas" eritrotsitlar qo‘llanganda cheklanmagan miqdorda qon olish mumkin ekan. 

Sun'iy qon qo‘llashdagi keyingi bosqich tajriba usullari asosida uning ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. Bugungi kunga qadar tayyorlangan bir necha litr qon esa Sog‘liqni saqlash milliy xizmatida klinik sinovdan o‘tadi. 

Top