18:14 / 31.03.2017
20236

Eng yaxshi menyuni taqdim etuvchi 5 aviakompaniya

InflightFeed blogi muallifi Nik Lukas Business Insider'ga bergan intervyusida bort menyusi haqida shunday deydi: "So‘nggi besh yil davomida aviakompaniyalar taomlar assortimentida bir-birini ortda qoldirishga harakat qilib kelmoqda. Parvozdan keyin yo‘lovchilar ikki narsani muhokama qilishadi: jamoa va taom".

Lukas 10 kilometr balandlikda, soatiga 800 kilometr tezlikda harakatlanib tushlik qilishdek faktning o‘zi ham - juda g‘aroyib ekanligini ta'kidlaydi, odamlar shuning uchun ham uni eslab qolishadi.

Qantas Airways ekipajining sobiq a'zosi yangi tansiq taomlar ilinjida har yili 180 ming kilometrdan ortiq yo‘lni bosib o‘tadi. U eng yaxshi menyuga ega aviakompaniyalar beshligi haqida ma'lumot beradi.

Austrian Airlines (Avstriya havo yo‘llari)

Shubhasiz, eng yaxshi yeguliklar ularda - bunday mazali taomlarni topish qiyin. Bunday fantastika uchun 15 yevro qo‘shimcha to‘lasangiz ham arziydi.

Singapore Airlines (Singapur havo yo‘llari)

Menga bu avialiniyalar yoqadi: ularning servisi va menyusi (hatto iqtisodiy toifadagi) ajoyib. Birinchi va Syut-toifa yo‘lovchilariga iltifot belgisi sifatida Dom Perignon Vintage 2004 shampan vinosi taqdim etiladi.

Scandinavian Airlines (Skandinaviya havo yo‘llari)

Biznes-toifadagi taomlar ko‘proq Skandinaviyadagi ajoyib restorandagi tushlikka o‘xshaydi. Bu yerda asosiy taomlarni keltirishda patnislardan foydalanilmaydi, ikkinchi taomlarni esa aravachadan o‘zingiz tanlab olishingiz mumkin.

Shunga qaramay, ba'zilarni bortdagi boshqa tovarlarning narx va sifat nisbati qoniqtirmasligi mumkin.

Air Europa (Yevropa havo yo‘llari)

Men Yevropa biznes-toifalarida tatib ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan eng yaxshi taomlar shu aviakompaniyada bo‘lsa kerak. Qarang, qanday ishtahani qitiqlaydi, mahsulotlar ko‘rinishi ham sarxil - xuddi to‘g‘ri qishloq bozoridan keltirilgandek.

Turkish Airlines (Turkiya havo yo‘llari)

Turkish Airlines ajoyib, ularning taomlari doim mazali. Ularning menyusi - dunyodagi eng yaxshi menyulardan biri deb hisoblayman, hatto iqtisodiy toifadagi taomlari ham xushta'mdir.

Mavzuga oid
Top