21:41 / 31.03.2017
16458

Qirg‘izistonliklar uchun 2017 yilgi haj safari narxi oshdi

Qirg‘izistonda 2017 yilgi haj safari narxi 160 dollarga oshdi va 2760 dollarni tashkil qildi.  Bu haqda matbuot-anjumanda Qirg‘iziston muftiysi noibi Akimjan hoji Ergeshov ma'lum qildi.

Uning aytishicha, haj safari narxi oshishi haj mavsumi yilning issiq davriga to‘g‘ri kelayotgani sababli Saudiya Arabistonining ziyoratchilar uchun xavfsiz sharoitlarni yaratish bo‘yicha choralarni qabul qilishi qarori bilan bog‘langan.

"Saudiya Arabistoni Arofat vodiysida yong‘inga bardoshli chodirlar o‘rnatmoqchi", deb aytdi noib.

Shu sababli Saudiya Arabistoni haj safari narxini qo‘shimcha 200 dollarga oshirgan, biroq Qirg‘iziston muftiysi Maksat hoji Toktomushev bu qiymatni qirg‘izistonliklar uchun 160 dollargacha kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan.

Akimjan hoji Ergeshovning ta'kidlashicha, dastlabki 400 dollarlik to‘lovni amalga oshirganlar 3 apreldan boshlab 21 aprelgacha qolgan 2360 dollarni to‘lashlari kerak.

2016 yilda O‘zbekiston fuqarolari uchun haj narxi 10 mln so‘m atrofida bo‘lgandi. 2017 yil uchun aprelda chiqadigan yangi narx 12-13 mln atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top