19:07 / 31.03.2017
28599

Kreml Rossiya va AQShning hozirgi munosabati haqida: “Sovuq urush” davridan ham yomonroq

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ABC News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya va AQSh munosabatlari ayni damda aftidan “sovuq urush” davridan ham yomonroq ekanini ma'lum qildi.

Boshlovchining Rossiya va AQSh yangi “sovuq urush” holatida ekani haqidagi savolga, Peskov “Yangi “sovuq urush? Vashingtondagi amaldagi prezident ma'muriyati xatti-harakatini e'tiborga olsak, balki, undan ham yomonroq” deya javob berdi.

Peskov AQSh sobiq prezidenti Barak Obama ma'muriyatining lavozimdan ketishdan biroz avval qabul qilgan qarorlarini eslashga chaqirdi, ular orasida rossiyalik diplomatlarnig chiqarib yuborilishi hamda Nyu-York va Vashingtondagi Rossiya diplomatik binolarini “egallab olish” bor.

“Dunyoda bunday diplomatik munosabatlar ko‘plab o‘n yilliklar davomida yuz bermagandi”, - deya ta'kidlab o‘tdi u. Peskov so‘zlariga ko‘ra, bunday xatti-harakatlar ikki tomonlama munosabatlarga jiddiy zarar yetkazdi.

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi ikki mamlakat munosabatlari yaxshilanishida omil bo‘lishi mumkinligi haqida ma'lum qilgani borasida xabar bergandik.

Top