Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Vladimir Putinning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi Rossiya va AQSh munosabatlari yaxshilanishiga omil bo‘lishi mumkin. U bu haqda ABC telekanali uchun bergan intervyusida gapirgan.
«Men shunday hisoblayman: agar bu ikki prezident uchrashib, fikrlar almashsa va muloqotni tiklashga qaror qilishsa, ikki mamlakat munosabatlari yaxshilanishi uchun imkoniyat yuzaga keladi», — degan Peskov.
Bundan oldinroq Putin Tramp bilan Xelsinkida, Arktika sammiti doirasida uchrashishi mumkinligi haqida gapirgandi.