20:07 / 31.03.2017
20295

Nyu-Yorkda kuchli portlash sodir bo‘ldi

31 mart ertalabki payt Nyu-Yorkda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Zarba to‘lqinidan Yunion-skver yonidagi kitob do‘konining peshoynalari chil-chil bo‘lgan. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda

Portlash yer osti kollektorida yuz bergan. Portlashdan keyin lyuklar ostidan qora tutun ko‘tarilgan. Portlash Brodvey va 12-Sharqiy ko‘chalarining kesishmasida yuz bergan. Yaqin atrofdagi uylarda yashovchi aholi evakuatsiya qilingan. Voqea joyiga shaharning favqulodda xizmatlari yetib kelgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, maishiy gaz portlagan. 

 

Top