16:55 / 31.03.2017
22451

OAV sobiq prezidentning qamoqda qanday sharoitda saqlanayotgani haqida xabar berdi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti, poraxo‘rlik va hokimiyatni suiiste'mol qilishda ayblanib, 30 mart kuni kechqurun hibsga olingan Pak Kin Xe 10 metr kv maydonni egallagan xonada saqlanmoqda. Bu haqda Adliya vazirligidagi manbaga asoslangan holda Yonhap agentligi xabar berdi.

"Sobiq prezident Pak Kin Xe Seuldagi mahbuslar uchun markazda, 3,2 pxyon (10 kv m) maydonni egallagan kamerada saqlanmoqda", deyilgan xabarda.

Agentlik xabarida qo‘shimcha qilinishicha, bunday xona odatda 6 kishi uchun mo‘ljallanadi, ayni vaqtda bu xonada sobiq prezident yolg‘iz.

Sobiq prezident payshanba oqshomida sud bergan order asosida hibsga olindi. Koreya Respublikasi prokuraturasi tegishli so‘rovni 27 mart kuni sudga yuborgandi va sud tergov tomonidan sobiq prezidentga qarshi ilgari surilgan ayblovlarni qabul qildi. U 13 punkt bo‘yicha, jumladan poraxo‘rlik, mansabni suiiste'mol qilish, noqonuniy bosim uyushtirganlik va davlat sirlarini oshkor etganlikda ayblanmoqda. 

Sud Pak Kin Xeni hibsga olishga order berdi

Mavzuga oid
Top