00:41 / 31.03.2017
11966

Poroshenko bosh shtabga Donbassda o‘t ochishni to‘xtatishni buyurdi

Foto: AP

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina bosh shtabi va mudofaa vaziriga 1 apreldan Donbassda o‘t ochishni to‘xtatishni buyurdi. Bu haqda Poroshenko matbuot kotibi Svyatoslav Tsegolko tvitterda ma'lum qildi

Hozirda Maltada bo‘lgan Poroshenko ayirmachilar yarashuv sulhiga amal qilishlariga shubha bildirdi.

29 mart kuni Ukraina bo‘yicha aloqa guruhi Minskda 1 apreldan Donbassda o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga kelishib olgandi.

Ayirmachilar yarashuv sulhiga amal qilishlarini aytishgan. Tan olinmagan "Lugansk xalq respublikasi" xalq militsiyasi rasmiy vakili Andrey Marochko ayirmachilar hozir javob o‘t ochishmayotganini va Minsk kelishuvlariga amal qilishayotganini ta'kidlab o‘tgan. Biroq uning aytishicha, 29 mart kuni erishilgan kelishuvlardan keyin Donbassda vaziyat keskinlashgan va ukrainalik harbiylar tomondan o‘qqa tutishlar soni oshgan. 

Top