12:47 / 31.03.2017
5979

Top Gear ko‘rsatuvi poygachisi tezlik bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Top Gear teleshousidagi noma'lum poygachi Stig attraksionli bamperli avtomobildagi maksimal tezlik bo‘yicha Ginness rekordini o‘rnatdi. U soatiga 164,475 kilometrga qadar chiqqan.

Loyiha bilan taniqli ixtirochi Kolin Fyorz shug‘ullandi. Avtomobilchani ishlab chiqishga uch haftadan ko‘proq vaqt ketdi. Mashina 101-kuchli 600 kub santimetr hajmga ega Honda mototsiklli dvigateli bilan jihozlandi.

Ginness kitoblari qoidasiga ko‘ra, ikki urinishdan keyingi o‘rtacha tezlik rekord hisoblanadi. Ular Buyuk Britaniyaning Saffolkidagi Bentuoters aerodromi uchish yo‘lagida o‘tkazildi. Stig birinchi urinishda soatiga 172,827 kilometrga chiqqan bo‘lsa, ikkinchisida – soatiga 150,124 kilometr natijani qayd etdi.

Top