21:30 / 01.04.2017
19334

15 yoshli Messi qanday futbol o‘ynagani videosi ilk bor namoyish qilindi

"Barselona" klubi Youtube’da 5 karra "Oltin to‘p" sohibi Lionel Messining klubning o‘smirlar jamoasi uchun to‘p surgani tasvirlangan videoni joylashtirdi. Videoda 15 yoshli Messi o‘ynagan uchrashuvdan lavhalar aks etgan.

Messining "Barsa"ning 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar jamoasida qanday to‘p surgani kadrlari ilk bor namoyish qilindi. Argentinalik bu jamoada 9, 10 va 15-raqamlar ostida to‘p surgan. O‘sha jamoaning murabbiyi keyinchalik Tbilisining "Dinamo"si bilan ishlagan Aleks Garsiya bo‘lgan.

Messi "Barselona"ning mashhur La Masiya futbol akademiyasiga 2000 yilda 13 yoshida qabul qilingan. 4 yil o‘tib futbolchi "Barselona"ning asosiy tarkibida ilk bor maydonga tushgan. Messi shu vaqtdan beri klub uchun 600 dan ko‘proq o‘yinda maydonga tushib, 500 dan ko‘proq gol urgan.

Top