23:41 / 01.04.2017
13542

Nukusda Xalq qabulxonasi 6 yil ishsiz yurgan oliy ma'lumotli qizni ishga joyladi

Ma'lumki, 2016 yil 28 dekabrda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni asosida bugungi kunda barcha hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyat olib bormoqda.

Bu borada Nukus shahridagi Xalq qabulxonasida ham fuqarolarni qabul qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va saqlash zamonaviy axborot-texnologiyalari asosida tashkil etilgan.

-Fermer xo‘jaligimizga texnika sotib olish uchun kredit mablag‘larini chiqarishda ayrim qiyinchiliklarga uchragan edik, - deydi Nukus tumanidagi «Azamat KAA» fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi Bayram Jumaniyazov. –O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Nukus shahridagi Xalq qabulxonasiga murojaatimizdan so‘ng 1 kun ichida kredit pullarini chiqarib berishdi va qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib olib, bugungi kunda bahorgi dala ishlariga ishlatmoqdamiz.

-2011 yili oliy ta'lim muassasini tamomlab, 6 yildan buyon ishga joylasha olmay kelayotgandim, - deydi Nukus shahri, Q.Tileo‘muratov ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Gulnara Berdanova. – Prezidentimizning Nukus shahridagi Xalq qabulxonasiga qilgan murojaatimdan so‘ng 8 kunda «Savdogarbank»ning Nukus mini bankiga ishga joylashdim. 

Darhaqiqat, bugungi kunda Xalq qabulxonalari tom ma'noda insonlar masala va muammolarini hal etishga xizmat qiladigan maskanga aylandi. Chunki, aholi muammolarini shu kunning, hozirning o‘zida hal qilish – davr talabidir.

Mavzuga oid
Top