00:04 / 01.04.2017
11063

AQShda 6 yoshli bolani otib tashlagan politsiyachi 40 yilga ozodlikdan mahrum etildi

AQShning Luiziana shtati sudi autizmdan aziyat chekuvchi 6 yoshli bolani otib tashlagan politsiyachi Derrik Steffordni 40 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ta'kidlanishicha, sud 33 yoshli Steffordni ataylab qilinmagan qotillikda aybdor deb topgan.

2015 yil noyabrda Luizianadagi Marksvill shahrida Stefford jinoyatda gumon qilingan erkak mashinada qochib ketayotganda uni qo‘lga olmoqchi bo‘lgan. Politsiyachi ta'qib vaqtida gumonlanuvchining mashinasiga qarata o‘q uzgan. Oqibatda erkak og‘ir jarohat olgan, mashinada u bilan birga bo‘lgan 6 yoshli o‘g‘li Jyeremi Mardis halok bo‘lgan.

Top