21:17 / 01.04.2017
6710

Avstriya aviakompaniyasi dunyodagi eng qisqa reysdan voz kechdi

Foto: Plane Spotters

Avstriyaning People's Viennaline aviakompaniyasi dunyodagi eng qisqa reysdan voz kechdi. Bunga aviakompaniya xizmatlariga talab pastligi sabab bo‘lgan. Bu haqda Berliner Kurier tabloidi xabar bermoqda.

Sankt-Gallen-Altenrayn (Shveytsariya) — Fridrixsxafen (Germaniya) yo‘nalishi bo‘yicha oxirgi reys 14 aprelga belgilangan. "Muayyan rivojlanish kuzatilgandi, biroq biz rejalashtirilgan yo‘lovchilar miqdoriga erisha olmadik", deb aytgan People's Viennaline egasi Markus Kopf.

Ushbu reys 2016 yil 2 noyabrda boshlangan. Yo‘nalish uzunligi 21 kilometrga yaqinni, parvoz vaqti 8 daqiqani tashkil qilgan. U yerga va ortga chipta narxi 40 yevro turgan.

People's Viennaline aviakompaniyasi 2010 yilda tashkil topgan. U Sankt-Gallen-Altenrayn aeroportida joylashgan va asosan Xorvatiya, Italiya va Ispaniyaga charter reyslar amalga oshiradi. Kompaniya bosh qarorgohi Venada joylashgan. Aviakompaniya hisobida Embraer 170 va Embraer 145 rusumidagi bor-yo‘g‘i ikkita yo‘lovchi samolyoti bor.

Mavzuga oid
Top