17:54 / 01.04.2017
11481

Gulistonda Islom Karimov ko‘chasi paydo bo‘ldi

Guliston shahridagi «Mustaqillik» ko‘chasiga O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov nomi berildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimiyati axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasining «Geografik obektlarning nomlari to‘g‘risida»gi Qonunining 10-moddasiga hamda «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunning 24-moddasiga asosan Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi sessiyasi o‘zining 2017 yil 10 martdagi qarori bilan Guliston shahar hokimligi huzuridagi geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha shahar komissiyasining bayonnomasiga asosan shaharning Namuna, Sayqal va Shodlik mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlaridan o‘tadigan «Mustaqillik» ko‘chasining nomini O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomi bilan qayta nomlash to‘g‘risidagi komissiya qarorini tasdiqladi. 

Mutasaddi tashkilotlarga qayta nomlangan ko‘chaning nomini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish, belgilangan tartibda zamonaviy ko‘rinishda, lotin yozuvida, peshlavhalarga yozib, o‘rnatish ishlarini tashkil etish vazifasi topshirildi.

Top