19:10 / 01.04.2017
3825

Xitoyda 40 dan ko‘proq avtomobil ishtirokidagi avtohalokatda 7 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Xenan viloyatida 40 dan ko‘proq avtomobilning to‘qnashishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda. 

Politsiyada ma'lum qilinishicha, Sisyan uyezdidagi yo‘lning 2 kilometrlik qismida birdaniga bir nechta yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Ta'kidlanishicha, YTH oqibatida bir kishi jarohat olgan, uning ahvoli juda og‘ir deya baholangan. 

Ma'lum qilinishicha, YTHga tuman va yo‘lda ko‘rish darajasi pastligi sabab bo‘lgan. 

YTH tergov qilinmoqda.

Mavzuga oid
Top