14:57 / 01.04.2017
17388

Toshkentning Yunusobod tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi

Toshkent shahrining Yunusobod tumani IIBga podpolkovnik Elbek Xayrullayev boshliq etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston IIVning «Na postu» gazetasi xabar berdi.

Foto "Postda" gazetasi

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan shanba kuni O‘zbekiston Prezidenti shahar aylanish vaqtida Yunusobod tumaniga ham tashrif buyurgandi. Prezident ko‘priklar qurilishi bo‘yicha olib borilgan ishlar va militsiya faoliyatidan qoniqish hosil qilmagan. Shundan so‘ng - 25 mart kuni tumani hokimi Mira'zam Mirqosimov lavozimidan ozod etilgan

Shuningdek Yunusobod tumani rahbariyati faoliyati keskin tanqid qilingan. Aynan shu sababdan nafaqat tuman hokimi, balki, Soliq boshqarmasi, prokuratura va IIB rahbarlari ham ishdan olingandi.

Top