21:15 / 01.04.2017
26005

Uzbek Tigers vs Astana Arlans: O‘zbekiston g‘alaba muborak!

«O‘zbekiston» sport majmuasida O‘zbekiston va Qozog‘iston boks jamoalari ishtirokidagi janglar poyoniga yetdi. Ringga so‘nggi bo‘lib 49 kgli bokschilar Rio-2016 chempioni Hasanboy Do‘stmatov va Temirtas Jusupovlar chiqib kelishdi.

Haqamlar qaroriga ko‘ra, Hasanboy Do‘stmatov g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi chempionatining VII fasl beshinchi bosqich tarkibida O‘zbekiston sha'nini himoya qiluvchi bokschilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimda ringga ko‘tarilishdi. 

Kun.uz tahririyati «O‘zbek yo‘lbarslari» va barcha o‘zbekistonlik boks muxlislarini g‘alaba bilan qutlaydi!

Mavzuga oid
Top