08:19 / 02.04.2017
4805

AQShda ikkita yengil samolyot to‘qnashib ketdi

AQShning Florida shtatida, Ejyevoter shahri yaqinida ikkita yengil motorli samolyot osmonda to‘qnashib ketdi. Bu haqda shaharning o‘t o‘chirish-qutqaruv departamentida ma'lum qilindi. 

Ma'lum qilinishicha, samolyotlarni ayol va erkak uchuvchi boshqargan. Ularning ikkisi ham halok bo‘lgan. Samolyotlardan biri Cessna-170 rusumidagi samolyot bo‘lgan, ikkinchi samolyotning rusumi hozircha aniqlay olinmagan. Samolyotlarda uchuvchilardan boshqa hech kim bo‘lmagan.

Taxmin qilinishicha, samolyotlar bir-biriga qanotlari bilan tegib ketgan va shundan keyin yerga qulagan. Qutqaruvchilarni voqea guvohlari chaqirtirishgan. 

Mavzuga oid
Top